Biz haqimizda

Biz bilan xorijiy tillarda so‘zlashishni oson o‘rganing

“Speaking Club”ga xush kelibsiz!

Hozirgi kunda xorijiy tillarni mukammal egallagan har qanday shaxs yuksaladi. Til o‘rganuvchilar xorijiy tillarni o‘ranish uchun yozish, tinglash va suhbat qurish ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirishi talab etiladi. 

Odatda mazkur ko‘nikmalardan speaking skills ya’ni suhbatlashish uchun yetarli resurslar mavjud emas. Til o‘rganuvchi xorijiy tillarda suhbat qurish uchun yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi yoki xorijiy suhbatdosh topishga qiynaladi.  Sababi suhbatni mukammal egallash uchun til o‘rgatuvchi kurslarga borish talab etiladi. Yoki IELTS kurslariga qatnashishi shart bo‘ladi. 

Biz haqimizda

Foydalanuvchilar biz haqimizda qanday fikrda?
Talabalar soni
0 +
Kurs ko‘rishlar soni
0 +
Onlayn kurslar soni
0 +
Talabalar hamjamiyati
0 +

Loyihaning maqsadi

Hozirgi kunda xorijiy tillarni mukammal egallagan har qanday shaxs yuksaladi. Til o‘rganuvchilar xorijiy tillarni o‘ranish uchun yozish, tinglash va suhbat qurish ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirishi talab etiladi.  Odatda mazkur ko‘nikmalardan speaking skills ya’ni suhbatlashish uchun yetarli resurslar mavjud emas. Til o‘rganuvchi xorijiy tillarda suhbat qurish uchun yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi yoki xorijiy suhbatdosh topishga qiynaladi.  Sababi suhbatni mukammal egallash uchun til o‘rgatuvchi kurslarga borish talab etiladi. Yoki IELTS kurslariga qatnashishi shart bo‘ladi.  Bundan ko‘p insonlarning vaqt soatlari to‘g‘ri kelmasligi yoki uzoq masofada istiqomat qilishi sabab bo‘ladi. Mazkur vaziyatda “SpeakingClub” har bir til o‘rganuvchiga o‘z xizmatini taklif etadi. Chekka viloyat va tumanlardagi barcha 7 yoshdan 40 yoshgacha til o‘rganuvchilar o‘zlari istagan vaqtda, o‘zlarining tanlovlari asosida, xoxlagan xorijiy til bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilardan til nutqini rivojlantirib borishi mumkin.

Mamlakatda nafaqt yoshlarning balki 40 yoshgacha bo‘lgan insonlarning bilim ko‘nikmalari rivojlanishiga yangi xizmat ko‘rsatish platformasi.  Har  bir ishtirokchi onlayn tarzda o‘zlarining bosqichlariga mos bo‘lgan guruhni tanlab o‘qituvchi bilan turli mavzularda suhbat qurish orqali o‘z ko‘nikmalarini rivolantirib boradi. Sayt yo‘lga qo‘yilish bosqichlarida 10 dan ortiq tilda muloqot o‘tkazish  imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning dolzarbligi

Qariyb o‘n yildan beri biz xorijiy tillarni ona tili darajasida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz. Prezidentimiz tomonidan selektor yig‘ilishi paytida ko‘tarilgan xorijiy tillarni o‘qitish sifati masalasida vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar e’lon qilindi. Shuningdek, Prezidentning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi keng ko‘lamli qarori misol bo‘la oladi.

Til bilish, birinchi navbatda, kommunikativ kompetensiyalarni egallash deganidir. Til og‘zaki va yozma nutqni tushunish, shuningdek, og‘zaki va yozma ravishda muloqot qila olish uchun o‘rganiladi, lug‘at boyligi va grammatikani bilish esa tushunish va muloqot uchun xizmat qilishi kerak. Leksik va grammatik bilimlar kommunikativ kompetensiyalar orqali tekshirilishi mumkin, ya’ni insonning og‘zaki va yozma matnlarni qay darajada tushunishi, yozma va og‘zaki nutqinini baholash orqali uning so‘z boyligi va grammatik bilimlarini namoyon etadi.

Lug‘at va grammatikani baholash kommunikativ kompetensiyalar haqida to‘liq ma’lumot bermaydi – inson grammatika qoidalarini yaxshi bilishi, ko‘p so‘zlarni yodlagan bo‘lishi, ammo nutqni tushunmasligi va muloqot qila olmasligi mumkin. Aynan shuning uchun ham xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan barcha imtihon tizimlari – ingliz tili bo‘yicha IELTS, TOEFL yoki Cambridge Exams, nemis tili bo‘yicha TestDAF yoki Goethe-Zertifikat, fransuz tili bo‘yicha DELF yoki DALF va boshqalar – aynan nutq malakalarini tekshiradi.

Bizning xorijiy tillar bo‘yicha baholash tizimi asosan grammatika va so‘z boyligini tekshirishga qaratilgan.

Baholash tizimining ta’limga ta’siri – “washback effekti”ni, ya’ni o‘qituvchilar va o‘quvchilar qaysi artiklni qayerga qo‘yishni xorijliklarday bilishlari mumkindir, lekin aksar hollarda muloqot qilishda va tushunishda muammolarga duch kelishadi.

Ammo xorijiy tilda muvaffaqiyatli suhbatlashish va tushunish uchun resurs va manba mavjud emas. O‘qitish tizimi samarali bo‘lishi uchun «yozuv-o‘qish-suhbatlashish» uchligi hamohang ishlashi zarur. Yozuv talabi ilgari surilmoqda, O‘qish ham tomonga yo‘naltirilib borilmoqda, ammo so‘zlashuv tizimi esa oqsamoqda, muvaffaqiyatga erishishda to‘siqlar mavjud. So‘zlashuv ko‘nikmasini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini, xususan, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishga yordam berishi mumkin. Undan tashqari 2022 yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talab qilina boshlandi. Bu holatda har qanday xodimdan so‘zlashish mahoratida bo‘yicha sinov olib boriladi.

Shunday ekan talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o‘qitishni tashkillashtirish – bozor sharoitida tabiiy ravishda ushbu taklif paydo bo‘ldi. Ya’ni, shaxsiy, ta’limiy yoki kasbiy maqsadlarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun mos platforma yo‘lga qo‘yildi. Platforma ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy tillar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb qilingan.

Bizning eng yaxshi o‘qituvchilar

O‘qituvchilarimiz qatoriga qo‘shiling