Maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda Siyosat) O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining normalari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, shuningdek SpeakingClub.uz  bilan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtalarida shaxsiy ma’lumotlarga doir yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.
Foydalanuvchini SpeakingClub.uz platformasi orqali til nutqini rivojlantirib borishi, undan foydalanishi, maxfiylik siyosatining shartlari bilan rozi ekanlikni anglatadi va ularni so‘zsiz qabul qilinishi hisoblanadi.

  1. Maxfiylik siyosatida ishlatiladigan asosiy tushunchalar

1.1. Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;

1.2. Shaxsiy ma’lumotlar bazasi – shaxslarga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot tizimi ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi;

1.3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash – shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarning bitta yoki kombinatsiyasini amalga oshirish;

1.4. Foydalanuvchi – shaxsiy ma’lumotlarni kiritgan holatda platforma xizmatlaridan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezident yoki norezident jismoniy va yuridik shaxs;

1.5. Ruxsatsiz kirish – Xodim tomonidan rasmiy vakolatlarini buzgan holda platformaga kirishi, ommaviy tanishish uchun yopiq bo‘lgan axborotlarga kirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan platformaga kirishi. Bundan tashqari ruxsatsiz kirish, axborotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan ayrim hollarda xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmdan ortiq hajmda ruxsatsiz axborotni yuklashi hisoblanadi.

 

  1. Kelishuv shartlari

2.1. Foydalanuvchi erkin, o‘z xohishi va manfaatlari yo‘lida shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning quyidagi usullariga rozilik beradi: ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirishga.

2.2. Admin, platformaning maxfiylik siyosatiga istalgan vaqtda yangilash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.3. Admin maxfiylik siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlar bilan foydalanuvchilar o‘z vaqtida tanishib borishlarini tavsiya qiladi. Siyosatga kiritilgan o‘zgarishlar haqida Admin platformaning yangiliklar bo‘limi orqali barcha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarni xabardor qilib boradi.

2.4. Platformaning maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar portalda yangilangan maxfiylik siyosati e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

2.5. Admin shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish tartibini, tamoyillarini mustaqil ravishda belgilaydi.

2.6. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash foydalanuvchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi.

 

  1. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, uzatish va boshqa turdagi qayta ishlash tartibi

3.1. Shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash usullari ularga nisbatan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish, amaldagi qonunchilik talablarini to‘liq bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

3.2. Admin shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydi, ularga ruxsatsiz kirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.3. Foydalanuvchining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asosga ega bo‘lmagan holda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.4. Foydalanuvchi o‘z login va parolini oshkor qilmaslik, ularni maxfiy, xavfsiz holda saqlanishini, ularni oshkor etilmaslik choralarini mustaqil ravishda ko‘radi, Foydalanuvchi ERIsidan o‘zga shaxslarni ruxsatsiz foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.

 

  1. Ma’lumotlardan foydalanish

4.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning maqsadi — fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish, ijro etish va tugatish; foydalanuvchiga platformada joylashtirilgan xizmatlarga, axborotlarga va hujjatlarga kirish imkonini ta’minlash.

4.2. Admin Foydalanuvchiga yangi mahsulotlar va xizmatlar, maxsus takliflar va turli hodisalar haqida xabar yuborish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.3. Platformada to‘plangan axborotlar xizmatlarning xavfsizligini va ishonchliligini ta’minlash uchun juda muhimdir. Axborotlarga nisbatan tajovuzkorlarning tahdidlarini tegishli texnik dasturiy yechimlar o‘z vaqtida aniqlashga va ularni bloklashga harakat qiladi.

 

  1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari

5.1. Admin Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini platformada mavjud bo‘lgan maxsus shakllarni Foydalanuvchi mustaqil ravishda to‘ldirilganda va yuborilganida qayta ishlaydi. Tegishli shakllarni shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldirib adminga yuborishi Foydalanuvchini platformaning ushbu Siyosatiga rozi ekanligini bildiradi.

5.2. Admin Foydalanuvchining egasizlantirilgan ma’lumotlarini Foydalanuvchining brauzer sozlamalari ruxsat etgan hollarda (“cookie” fayllarini saqlash va JavaScript texnologiyasidan foydalanishni o‘z ichiga olgan holda ) qayta ishlaydi.

 

  1. Portalda joylashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish

6.1. Admin o‘zga mualliflarni platformaga joylashtirgan hujjatlari, ma’lumotlari va boshqa axborotlarida qayd etilgan fikrlariga qo‘shilmasligi mumkin. Admin platformada e’lon qilingan ma’lumotlarning ishonchligi uchun javobgar emas va ma’lumotlar yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etmaydi.

6.2. Platformaga joylashtirilgan hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa axborotlarning asl matndan 30% dan ko‘p bo‘lmagan hajmda iqtibos keltirishlishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda, havolada portal, majburiy ko‘rsatilishi shart. Internet tarmog‘ida portalga joylashtirilgan hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa axborotlardan iqtibos keltirilganda portalning aniq sahifasiga giperlink keltirilishi talab qilinadi.

6.3. Platformada joylashtirilgan axborotlarni, ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni takrorlash, ulardan nusxa ko‘chirish, ularni ko‘paytirish, tarqatish va boshqa turda ulardan foydalanishga faqat platforma ma’muriyatining yozma ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

  1. Yakuniy qoidalar

7.1. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash yuzasidan, platformada joylashtirilgan ma’lumotlar, hujjatlar va axborotlarni uzatish va nusxa olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha har qanday tushuntirishlarni Adminga qayta aloqa shakli orqali murojaat qilish yo‘li bilan bajarishi mumkin.

7.2. Ushbu hujjatda Admin tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq Siyosatidagi har qanday o‘zgarishlar aks ettiriladi. Sizga havola qilinayotgan ushbu Siyosat, yangi versiyasi bilan almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.

7.3 Ushbu siyosatni buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.