Sizga mos Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi testini toping

Iyul 28, 2023

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi eng mashhur testlari haqida barcha ma’lumotga ega bo’lasiz, shunda qaysi biri sizga mos kelishini hal qilishingiz mumkin bo’ladi:

  • Ingliz tili bilish darajasi aniqlovchi eng mashhur testlari
  • Testlarning asosiy xususiyatlari
  • Testlar qanday solishtiriladi
  • Qanday qilib o’zingiz uchun mos testni tanlashingiz mumkin
  • IELTS testiga tayyorgarlik ko’rish

Birinchi marta Ingliz tilini bilish darajasi testini topshirish haqida aniqlik kiritib, barcha mavjud tanlovlarni o‘rganishni boshlaganingizda, ko‘p savollar tug‘ilishi tabiiy.

Testlardan biri qolganlariga nisbatan osonroqmi? Qaysi testni kompyuterda topshirish mumkin? Qaysi birida natijalar tez chiqadi?

Shunisi aniqki, tanlov qilishdan oldin siz har bir testning asosiy xususiyatlarini etibor bilan ko’rib chiqishingiz kerak. Siz, testning tan olinishi, ishonchliligi, test formati, baholash mezonlari va o’tkazilish usullari kabi omillar haqida o’ylashingiz mumkin.

Shuni esda tutish kerakki, har bir test muayyan maqsadlar uchun mos tushishi mumkin. Masalan, o’qish maqsadlaringizdan biri nufuzli Ivy League oliyglariga kirish bo’lsa, Ingliz tilini bilish darajangizni akademik muhitga mos kelishini sinovdan o’tkazadigan IELTS  va TOEFL kabi testlar sizga ushbu maqsadga erishish uchun yordam berishi mumkin.

Amerika Qo’shma Shtatlarida o’qishni istasangiz, bu uchun TOEFL eng mos test degan fikr endi to’g’ri emas. IELTS Academic test ham teng darajadagi test, shuning uchun AQShning 3400 dan ortiq institutlari (jumladan, Ivy League aʼzolari) va dasturlari uni Ingliz tili darajasi isboti sifatida qabul qiladi.

Agar siz chet elga ishlash yoki universitet dasturlarining barcha bosqichlarida ta’lim olmoqchi bo’lsangiz, umumiy yo’naltirilgan, mashhur bo’lgan Ingliz tilini bilish darajasi testlaridan birini topshirishingiz mumkin. Bunday testlar sizning Ingliz tili darajasini amaliy, kundalik kontekstida o’lchaydi.

Eng mashhur Ingliz tilini bilish darajasi testlari

Eng mashhur Ingliz tilini bilish darajasi testlari bu IELTS, TOEFL, TOEIC, CELPIP va KET, PET, FCE, CAE va CPE ning Kembrij Ingliz tili malakalaridir. Ya’ni, IELTS va TOEFL qolganlaridan farqi, ular Ingliz tilida so’zlashuvchi va Ingliz tilida so’zlashmaydigan davlatlardagi ko’plab tashkilotlar tomonidan tan olinadi va qabul qilinadi.

Ingliz tilini bilish darajasi testlari ish-faoliyatda ham keng qo’llaniladi. Ish beruvchilar, professional organlar va uyushmalar mos odamlarni tanlashda test natijalariga tayanadilar. Shuning uchun, ushbu testlarda yaxshi natijalarga erishish sizning ish istiqbolingizni sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Testlarning asosiy xususiyatlari

IELTS

IELTS Ingliz tili muloqot tili boʻlgan joyda oʻqish yoki ishlashni xohlovchilarning til qobiliyatini baholash uchun moʻljallangan. Dunyo boʻylab 11,000 dan ortiq tashkilotlar tomonidan tan olingan bu test, oliy taʼlim va global migratsiya uchun dunyodagi eng mashhur Ingliz tilini bilish darajasi testidir.

Test to’rt qismdan iborat Tinglash, o’qish, yozish va gapirish (nutq) . Ushbu bo’limlarning har biri individual ballni hosil qiladi, keyinchalik u umumiy ballni belgilash uchun ishlatiladi. Natijalar 1 (eng past) dan 9 (eng yuqori) gacha bo’lgan shkala bo’yicha umumiy o’rtacha ball sifatida aks ettiriladi. IELTS balli test topshirgan kundan boshlab ikki yil davomida amal qiladi.

Ikkita IELTS testlari mavjud – IELTS Academic va IELTS General umumiy tayyorgarlik uchun. Siz topshiradigan test siz nima qilmoqchi ekanligingizga bog’liq. IELTS Academic Ingliz tilini bilish darajangiz akademik muhitga mos kelishi, uning akademik til jihatlarini aks ettirishini aniqlaydi. IELTS General Training esa, Ingliz tilini bilish darajasining amaliy, kundalik kontekstida aniqlaydi. Tabiiyki, testdagi vazifalar va bo’limlar ham ish joyidagi holatlarni, ham ijtimoiy vaziyatlarni aks ettiradi.

Agar siz IELTSni Britaniya Kengashi orqali topshirishni istasangiz, buni dunyoning istalgan nuqtasida, qulay joylashgan va zamonaviy jihozlarga ega 800 dan ortiq rasmiy Britaniya Kengashi IELTS test markazlarida topshirishingiz mumkin.

TOEFL

Bu Amerikaning eng mashhur testi bo’lib, butun dunyo bo’ylab universitetlar va institutlarda qabul qilinadi. Bu test dastlab Vashingtondagi Amaliy tilshunoslik markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Testda qo’llaniladigan til Ingliz tilining kundalik akademik sharoitlarda qanday qo’llanilishini yaqindan aks ettiradi va test mazmuni butunlay akademik bo’lib, integratsiyalangan vazifalarni o’z ichiga oladi. Xuddi IELTS kabi, bu test ham tinglash, o’qish, yozish va gapirish (nutq) kabi to’rtta asosiy til ko’nikmalarini baholaydi.

Hozirda TOEFL IBT test uch xil usulda topshirilishi mumkin: test  markazida, uyda «Home Edition» va qog’oz shaklida «Paper Edition». TOEFL iBT ning «Home Edition» usuli – bu test o’tkazish markazida topshiriladigan test bilan bir hil va uydan (masofadan) qulay tarzda topshiriladigan testdir. Xuddi shunga o’hshagan holda, «Paper Edition» ham ayni shaklda to’rtta ko’nikmasi mavjud bo’lgan TOEFL iBT testidir, lekin u ikki seansda bajarilishi kerak. Gapirish (nutq) uyda kompyuterda bajarilsa, qolgan uchta bo’lim qog’ozda bo’lib, test o’tkazish markazida o’tkaziladi.

TOEFL testining har bir bo’limi 0 dan 30 gacha ball oralig’iga ega, siz to’plashingiz mumkin bo’lgan maksimal ball 120 ni tashkil qiladi. Ballaringiz 2 yil davomida amal qiladi.

TOEIC

«The Test of English for International Communication» (xalqaro muloqot uchun ingliz tili testi) ish faoliyatida muloqot qilish qobiliyatingizni baholaydi. Tinglash va o’qish ballarini qo’shish orqali olish mumkin bo’lgan umumiy test balli 990 (CEFRning C1 darajasiga teng) bo’lishi mumkin. Testda gapirish (nutq) va yozishni tekshirish uchun boshqa ball berish tartibi amal qiladi. Boshqa testlar singari, TOEIC ballari ham ikki yil davomida amal qiladi.

Test sizning hamkasblaringiz va mijozlaringiz bilan global miqyosda muloqot qilish qobiliyatingizni namoyish etishga yordam berganligi sababli, u butun dunyo bo’ylab kompaniyalar, xalqaro korporatsiyalar, xalqaro va hukumat organlari tomonidan yuqori baholanadi. Misol uchun, aviatsiya sohasidagi kompaniyalar odatda o’z xodimlarining Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun foydalanadilar.

CELPIP

CELPIP nomi bilan tanilgan «The Canadian English Language Proficiency Index Program» (Kanada ingliz tilini bilish darajasi indeksi dasturi) Kanadaning yetakchi umumiy Ingliz tilini bilish darajasi testidir. Bu test har xil kundalik vaziyatlardagi Ingliz tili qobiliyatingizni baholaydi va asosan immigratsiya va professional maqsadlarda foydalaniladi. Testning ikki turi mavjud: CELPIP – General Test (3 soat) va CELPIP – General LS Test (1 soat). Davomiyligi uzunroq bo’lgan test to’rtta til ko’nikmalarini qamrab oladigan bo’lsa, qisqaroq versiyadagi test faqatgina gapirish (nutq) va tinglashni o’z ichiga oladi.

Test mazmuniga keladigan bo’lsak, CELPIP testi Shimoliy Amerika Ingliz tili dialektiga  aniq e’tibor qaratadi. Masalan, turli davlatlarda qo’llaniladigan Ingliz tili dialektlarini ifodalovchi, IELTS Tinglash bo’limidan farqli o‘laroq, CELPIP dagi tinglash bo‘limida faqat Shimoliy Amerika dialektidan foydalaniladi. Bundan tashqari, gapirish (nutq) testi kompyuterda oʻtkazilib, savollarga javoblaringiz yozib olinishi uchun CELPIP testi toʻliq kompyuterda o’tkaziladi.

Cambridge English KET, PET, FCE, CAE va CPE

Ushbu testlar Kembrij universitetining Cambridge English bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular butun dunyoda minglab ish beruvchilar, universitetlar va hukumat vazirliklari tomonidan Ingliz tili darajasini isboti sifatida tan olingan. Ushbu testlarning o’ziga xos jihati shundaki, test natijalarining amal qilish muddati yo’q, ya’ni bu natija umr bo’yi amal qiladi.

Keling, Cambridge English malaka testining har birini batafsil ko’rib chiqaylik.

KET (Key English Test): bu boshlangʻich darajadagi imtihon boʻlib, oddiy vaziyatlarda muloqot qilish uchun Ingliz tilidan foydalanish qobiliyatingizni tekshiradi.

PET (Preliminary English Test): bu test oʻrta darajadagi test. Agar kundalik foydalanish uchun amaliy til ko’nikmalariga ega bo’lsangiz, PET sizga mos keladi.

FCE (First Certificate of English): ushbu test Ingliz tilida soʻzlashadigan mamlakatda mustaqil yashash va ishlash yoki Ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarda oʻqish uchun til koʻnikmalariga ega ekanligingizni isbotlaydi.

CAE (Certificate in Advanced English): bu chuqur, yuqori darajadagi malaka boʻlib, ish beruvchilar va universitetlar talab qilayotgan til ko’nikmalariga ega ekanligingizni koʻrsatadi.

CPE (Certificate of Proficiency in English): bu Cambridge English tomonidan taqdim etilgan eng yuqori darajadagi malaka. Bu Ingliz tili darajasi yuqori  so’zlashuvchi bilan ravonlik va murakkablik bilan muloqot qila olishingizni baholaydi.

Izoh qoldirish