IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko’rish uchun eng yaxshi to’qqizta manba

Iyul 28, 2023

Shunday qilib, siz IELTS imtihonini topshirishga qaror qildingiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Siz albatta to’g’ri manzilga keldingiz! IELTS Global mutaxassisi Hazan Xayalo’g’lu bizga IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko’rish uchun to’qqizta eng samarali manbalari bilan o’rtoqlashadi.

Galma-galdan boshladik!

Ehtimol, IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko’rishning eng muhim omillaridan biri bu sinov kuni oldidan format va baholash mezonlari bilan to’liq tanishib chiqishdir. Men buni har bir nomzodga maslahat bergan bo’lardim, chunki bu sizning balingizga juda katta ta’sir qilishi mumkin.

Endi, keling gapimni tasdilash uchu o’sha to’qqizta samarali IELTS resurlar haqida birma bir to’htalib o’tsak!

1. Road to IELTS kursi

Road to IELTS kursi Britaniya Kengashining rasmiy onlayn hozirlik kursi bo’lib, uning pullik va bepul versiyalari bordir. Onlayn tarzda bo’lganligi sababli undan istagan yerda foydalanishingiz mumkin. Kurs ko’plab amaliy mashg’ulotlarga, videofilmlarning namunalariga, o’qituvchilar uchun mo’ljallangan qo’llanmalarga hamda muddatli IELTS imtihonining qog’oz va kompyuter variantalridan foydalanish huquqini beradi.

Rejalashtirish va kuzatib borish vositalari maqsadli balga erishish sari rivojlanishingizda yordam bersa, manbalar banki esa testlarni hisoblash va o’quv rejangizni yaxshilash uchun boshqa manbalarni o’z ichiga oluvchi bal xisoblagichga egadir.

Shuningdek, siz har bir bo’limga qancha vaqt sarflaganingizni kuzatib borishingiz va qayerga ko’proq urg’u berishingiz kerak bo’lgan joylarga vaqt ajratib, tayyorgarlik vaqtini eng samarali tarzda tashkil qilish uchun qulay bo’lgan Study Planner-dan foydalanishingiz mumkin.

Bizning Take IELTS vebsaytimizda (pullik va bepul versiyadagi) turli xil tariflar bilan tanishib chiqing .

Bundan tashqari Road to IELTS dan foydalanish bo’yicha YouTube kanalimizda  qo’llanmamiz ham mavjud.

2. Mobil ilovalar

Ushbu bepul, ishlatish uchun qulay bo’lgan mobil ilovalar sayr paytida ham IELTS ga tayyorlanishingizga yordam beradi.

IELTS Prep App 

Ushbu ilova sizga bepul test sinovlari, namuna savollari, grammatika va lug’at mashqlari hamda IELTS testining barcha bo’limlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tayyorgarlik bo’yicha maslahatlar va test nazorati ham berib boriladi.

IELTS Word Power 

Bu ilova IELTS testining to’rtta ko’nikmalari uchun juda muhim bo’lib (yozish va nutq ko’nikmalari uchun asosiy mezondir), so’z boyligingizni yaxshilashga yordam beradi. So’z boyligingizni bosqichma-bosqich quring va yangi so’zlarni individual holda yoki do’stlaringiz bilan birgalikda qiziqarli o’yinlar va mashqlar orqali o’rganing.

LearnEnglish Audio and Video 

Bu ilova esa Buyuk Britaniyaga oid turli xil madaniyatlar va taomlar, insonlar hayot tarzi, hikoyalari va she’rlarni o’z ichiga oluvchi podkastlar va videofilmlarni taqdim etadi. Siz videolarda harakatlanadigan audio matnni tanlashingiz va anglashingizga yordam berish uchun ovozini boshqarishingiz ham mumkin.

3. Tayyorlov vebinarlari

Agar sizda IELTS testi haqida savollar tug’ilsa, to’g’ridan-to’g’ri IELTS vebinarlaridan biriga obuna bo’lish orqali sertifikatlangan IELTS mutaxassisidan so’rashingiz mumkin. IELTS imtihoni malakali mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ushbu vebiminarlar, testning aniq bir bo’limi bo’yicha batafsil ko’rsatma va ma’lumotlarni taqdim etadi va savollaringizga batafasil javobni olishingiz mumkin.

Kelgusi vebinar mashg’ulotlar  to’g’risida xabardor bo’lib turishingiz uchun elektron pochtadan ro’yxatdan o’ting.

Testga hali to’lov qilmagan bo’lsangiz va mashq qilib o’zingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, u holda «Prepare» sahifasiga kirib obuna bo’ling va sizga bepul onlayn o’quv materiallari hamda to’liq IELTS testi yuboriladi.

4. Kompyuterdagi IELTS sinov testini bajarib ko’rish

Agar siz IELTS imtihonining (onlayn tarzda o’tkaziladigan) kompyuter variantiga ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz, test haqida to’liq tushuncha hosil qilishingiz uchun, Britaniya Kengashi sizga bepul to’liq namunaviy versiyasini taqdim etadi.

Namuna testiga obuna bo’lish uchun havola. 

Kompyuter orqali o’tkazilgan test va uning xususiyatlari haqida video ko’rsatmalar  bizning YouTube kanalimizda ham mavjud.

5. ‘Understanding IELTS’ onlayn kursi

Ushbu uch haftalik bepul onlayn tayyorlov kursi IELTS testining har bir bo’limi bo’yicha tajribali IELTS trenerlar jamoasi tomonidan yaratilgan batafsil ma’lumotli videolarni taqdim etadi.

Ushbu kurs interfaol tarzda tuzilgan bo’lib, tajribalaringiz, fikr va mulohazalaringizni boshqa tinglovchilar bilan o’rtoqlashishingiz ham mumkin.

6. Rasmiy IELTS tayyorlov materiallari

Agar siz bosma manbalarni afzal ko’rsangiz, testning Academic va General Training versiyalarini o’z ichiga oluvchi Official IELTS Practice Materials (IELTS amaliy materiallarini) sotib olishingiz mumkin. Bularning ichiga amaliy testlar, javob varaqalari va javob namunalari kiradi. Ikki to’mdan iborat bo’lgan CD-ROM va audio matnlari ham mavjuddir.

Onlayn buyurtma bering  yoki sizning shahringizda joylashgan Britaniya Kengashi test markazidan va ba’zi kitob do’konlaridan xarid qilishingiz ham mumkin.

7. IELTS topshirish uchun eng sara maslahatlar

Top Tips for IELTS (IELTS topshirish uchun sara maslahatlar) kitobi va CD-ROM o’z ichiga IELTS testining har bir bo’limi uchun sara maslahatlarni, ballari ko’rsatilgan namuna javobli  interfaol amaliy testni oladi. Afzalligi shundaki, u juda tajribali Cambridge ESOL testologlari tomonidan tayyorlangan.

Kitobni onlayn xarid qilish uchun shu yerni bosing. 

8. Amaliy testlar

Amaliyot – mukammallik garovidir! Shuni inobatga olgan holda, Britaniya Kengashi IELTS testining to’rtta bo’limlari uchun bepul amaliy sinovlarini  taklif etadi. Muddatli amaliy mashqlar test topshirish texnikangizni takomillashtirishga va IELTS imtihoni shartlari bilan obdon tanishishga yordam beradi.

9. IELTS Progress Check (IELTS o’zlashtirish testi)

Testing umumiy balini ko’rsatuvchi hamda har bir bo’lim (ko’nikma) uchun alohida ballarni namoyish etuvchi natijani ko’rishni istasangiz, IELTS Progress Test  sizga yordam beradi. Ushbu rasmiy onlayn amaliy testi sizga rasmiy test topshirishingizdan oldin qaysi bo’lim (ko’nikma) ga ko’proq urg’u berishingiz lozimligini hamda o’quv rejangizga samarali yondashishga yordam beradi.

Test malakali mutaxassislar tomonidan tekshirilb, sizga testning umumiy balini ko’rsatuvchi natijani 5 (besh) kundan so’ng hisobot beradi. Ko’proq ma’lumot olish uchun:

Yodingizda tuting …

IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko’rish oson emas, ayniqsa vaqtingiz tig’iz bosilsa. Tayyorgarlik ko’rish uchun o’zingizga yetarlicha vaqt ajrating va tayyor ekanligingizga to’liq ishonch hosil qilmaguningizcha sinovga yozilmang. Yetarlicha muddat ajratish, sizni charchatib qo’ymaydigan o’quv rejasi va o’zingizning zaif tomonlaringizni bilib olish test topshirishdan oldin o’ta muhimdir. Bularning barchasiga obdon rioya qilar ekansiz, testdan kerakli natijaga erishish albatta sizning qo’lingizda!

2 Comments

  1. admin

    Iyul 28, 2022

    At vero eos et accusamus et iusto odio dignissimos ducimus qui blanditiis praesentium voluptatum deleniti atque corrupti quos dolores et quas molestias excepturi sint.

  2. admin

    Iyul 28, 2022

    Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et.

Izoh qoldirish