
Yozish – koʻplab nomzodlar uchun ingliz tili imtihonining eng qoʻrqinchli qismi boʻlishi mumkin, lekin bunday boʻlmasligi kerak. Oʻqish va tinglashdan farqli ravishda, bunda kontent sizning nazoratingizda boʻladi – siz bilmaydigan hech qanday soʻz uchramaydi, chunki yoziladigan barcha soʻzlarni oʻzingiz tanlaysiz! Shuningdek, gapirish qismidan farqli oʻlaroq, oʻzingizga qulay surʼatda oʻylab olish va tayyorlanish uchun vaqtga ega boʻladi, hech sizni kuzatib turmaydi.
Bu post imtihonlarda tez-tez uchraydigan yozma ish turlari va ular qayerda kelishi mumkinligi haqida maʼlumot beradi. Imtihon formati haqidagi soʻnggi maʼlumotlar uchun har doim bevosita asl manba – IELTS yoki Cambridge English Writing teslariga (bu yerdan namunaviy savol va matnlarni ham topasiz) kirish kerakligini yodda tuting.
IELTS topshiruvchilar uchun: bepul onlayn Academic Writing testlar yoki General Training Writing testlari bilan mashq qilishingiz mumkin. Shuningdek, javobingizni IELTS Writing javoblar varaqasiga yozish orqali mashq qilishingiz ham mumkin.
Insho
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Oliy daraja imtihonlarining 1-qismida majburiy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Insho – bu akademik yozma ishdir. U oʻquvchi tomonidan oʻqituvchi yoki professor uchun yoziladi va uning ohangi neytral boʻlishi kerak.
Qanday qilib yaxshi insho yozish mumkin?
Savolni diqqat bilan oʻqing. Aksariyat imtihonlarda ishnoga kiritilishi kerak boʻlgan ayrim kontent elementlari beriladi, ayrimlarida esa ularni oʻzingiz oʻylab topishingiz kerak. Savolga toʻgʻri javob berish uchun ularning barchasini qamrab olganingizga ishonch hosil qiling.
Kontent masalasini hal qilib olgach, mavzudan chetlashmang. Yozma kontentingiz shaxsiy boʻlmasligi kerak, shu sababli, shaxsiy latifalarni ishlatishdan saqlaning va har qanday misollarni umumiy xususiyatga ega tarzda keltirishga harakat qiling.
Xat yoki email
Bu qayerda keladi?
Bu Birinchi, Maktablar uchun birinchi, Ilgʻor va Malakali daraja testlarining 2-qismida ixtiyoriy savol boʻlib kelishi mumkin.
Bu oʻzi nima va kim uchun?
Imtihonda xat va email aslida bir xil narsadir. Kerakli rasmiylik darajasini aniqlash maqsadida xat kimga atalganini, shuningdek, xatni qabul qiluvchi shaxs xatingiz mazmunidan qanchalik xabardor ekanini bilish uchun savolni oʻqing. Ulardan kelgan xatga javob yozyapsizmi yoki oʻzingiz birinchi boʻlib xat yuboryapsizmi?
Qanday qilib yaxshi xat yoki email yozish mumkin?
Xuddi inshodagi kabi, savolni oʻqib, nimalarni kiritish kerakligini qayd qilib qoʻying. Aloqador boʻlmagan maʼlumotlarni kiritmang. Masalan, boshligʻingizga biror muammo haqida xat yozayotgan boʻlsangiz, oʻzingizni tanishtirmang – boshligʻingiz sizni shundoq ham taniydi!





